“KASABA UYUSHMASI KUBOGI” G‘OLIBLARI ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 67-maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, tibbiyot muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o’rtasida musobaqalar tashkil qilish, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida tibbiyot xodimlari o’rtasida “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqasi o’tkazildi.

Joriy yil 22-aprel kuni Nurafshon shahridagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Sport boshqarmasi va Yoshlar ishlari viloyat boshqarmasi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostidagi “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, viloyat Sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i T.Arzikulov, Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raisi Z.Ataxodjayevlar ishtirok etib musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Musobaqa sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, uning quyi bosqichlarida viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalarining 4000 nafarga yaqin xodimlari ishtirok etishdi.

Sport musobaqalarining viloyat bosqichiga esa tuman-shahar bosqichlarida eng kuchli deb topilgan 200 nafardan ziyod ishtirokchilar yetib kelishdi.

Ochilish marosimidan so‘ng sportning 5 ta turi bo‘yicha musobaqalarga start berildi. Barcha musobaqalar qizig‘in raqobat muhitida, bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa davomida rahbarlar Nurafshon shahar tibbiyot muassasasi tomonidan «Sog’lom ovqatlaning va salomat bo’ling!» shiori ostida tashkil etilgan ko’rgazma bilan tanishdilar.

Sport musobaqalarining yakuniy natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

Mini futbol (erkaklar):
1-o‘rin Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali jamoasi
2-o‘rin Bo’stonliq tumani jamoasi
3-o‘rin Bekobod shahar jamoasi

Voleybol (erkaklar):
1-o‘rin Angren shahar jamoasi
2-o‘rin Bo’stonliq tumani jamoasi
3-o‘rin Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali jamoasi

Voleybol (ayollar):
1-o‘rin Ohangaron tumani jamoasi
2-o‘rin Bekobod shahar jamoasi
3-o‘rin Quyi Chirchiq tumani jamoasi

Stol tennisi (erkaklar):
1-o‘rin Alijonov Nurjon
2-o‘rin Isroilov Shavkat
3-o‘rin Sobirjonov Boburjon

Stol tennisi (ayollar):
1-o‘rin Ahmadjonova Muhayyo
2-o‘rin Turopova Sevinch
3-o‘rin Xamidova Iroda

Shaxmat (erkaklar):
1-o‘rin Umirov Baxtiyor
2-o‘rin Xushbaqov Ibrohim
3-o‘rin Usmonqulov O’tkir

Shaxmat (ayollar):
1-o‘rin Safarova Muxabbar
2-o‘rin Suropova Lola
3-o‘rin Pulatova Dinora

Shashka (erkaklar):
1-o‘rin Rahmonov Shodmon
2-o‘rin Abduhalikov Hasan
3-o‘rin Tursunov Sherzod

Shashka (ayollar):
1-o‘rin Muratova Sojibuvi
2-o‘rin Tojiddinova Muattar
3-o‘rin Jo’rayeva Kenjaxon

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va sport formalari to‘plami bilan taqdirlandi.

Barcha sport turlari bo‘yicha musobaqada eng ko‘p ochko jamg‘argan Ohangaron tumani jamoasi “Kasaba uyushmalari kubogi” va 30 mln.so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Print Friendly, PDF & Email