A’zo tashkilotlar

1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga aʼzo bo‘lgan tarmoq kasaba uyushmalarining viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar), tuman, shahar kengashlari, birlashgan qo’mitalar, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari tegishlicha Kengashning aʼzo tashkilotlari hisoblanadilar.

Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari tuman, shahar tashkilotlarini chetlab o‘tib hududiy Kengashlarga aʼzo bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, tuman, shahar tashkilotlari bo‘lmagan kasaba uyushmalari bundan mustasno.

Yangi tashkil etilgan va belgilangan tartibda tarmoq kasaba uyushmasi tarkibiga kiritilgan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari ayni vaqtda tegishli hududiy Kengash aʼzoligiga ham kirgan hisoblanadi.

2. Mazkur Nizom talablariga rioya qilmaydigan yoki Kengash manfaatlari hamda maqsadlariga zid ravishda ish olib boradigan, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, birlashma saylanma organlarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan aʼzo tashkilotlar Kengash aʼzoligidan chiqarilishlari mumkin.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga aʼzo bo‘lgan tarmoq kasaba uyushmasining hududdagi tashkiloti Kengash aʼzoligidan chiqqan yoki chiqarilganda bu haqda viloyat Kengashi va tegishli kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo’mitalarining qo‘shma qarori qabul qilinib, Federatsiya Kengashi Ijroiya qo’mitasining tasdig‘iga kiritiladi. Mazkur masala bo‘yicha uzil-kesil qaror Federatsiya Kengashi Ijroiya qo’mitasi tomonidan qabul qilinadi.

3. Aʼzo tashkilotlar Kengash aʼzoligidan chiqqanlarida yoki chiqarilganlarida moliyaviy yoki mulkiy masalalar, tegishli kasaba uyushmasi Respublika kengashi va viloyat Kengashi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo’mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Print Friendly, PDF & Email