Kasaba uyushmasi tashkiloti qanday tuziladi?

Boshlangʼich kasaba uyushmasi tashkiloti kasaba uyushmasi tashkiliy tuzilishining asosi hisoblanadi.

Boshlangʼich kasaba uyushmasi tashkiloti ishlab chiqarish, tarmoq yoki kasb-kor printsipi boʼyicha, mulk shakli va kimga boʼysunishidan qatʼi nazar, yuridik shaxs boʼlgan korxona, tashkilot yoki muassasalarda kasaba uyushmasi aʼzolari 5 nafardan kam boʼlmagan taqdirda tuziladi.

Boshlangʼich tashkilotni tuzish va kasaba uyushmasi tarkibiga kirish toʼgʼrisidagi qaror kasaba uyushmasi aʼzolarining taʼsis yigʼilishi (konferentsiyasi) tomonidan qabul qilinadi.

Kasaba uyushmasi tashkiloti tuzilganidan soʼng oʼn kun muddatda bu haqda yuqori kasaba uyushmasi organiga xabar qilinadi

Print Friendly, PDF & Email