O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga ehtirom” mavzusida madaniy-bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari M.Toir, Toshkent viloyati “Nuroniy” jamg‘armasi raisi A.Nosirov, Toshkent viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova hamda tarmoq kasaba uyushma tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyati Kengashi tizimida 3 229 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ulardagi 602 168 nafar a’zoning 264 105 nafari xotin-qizlardir.
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, viloyatda mahalliy hokimliklar va homiylar mablag‘lari hisobidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 89 504 nafar xotin-qizga moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 55 858 nafar xotin-qizning doimiy ish bilan bandligi ta’minlandi.
Jamoa shartnomalariga ayollar mehnatini tartibga solish hamda oilaviy vazifalarni bajaruvchi shaxslarga qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar berishga oid bo‘limlar kiritilgan. Mazkur bandlar ijrosi doirasida 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor 419 nafar ayol uchun haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan ish vaqti belgilandi. Shuningdek, 2 yoshdan 3 yoshgacha bola parvarishi ta’tilida bo‘lgan 2 310 nafar yosh onaga moddiy yordam ko‘rsatildi.
2025 yil davomida ishlovchi xotin-qizlarning salomatligini tiklash maqsadida ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan 3 208 dona (shundan 275 tasi bepul), kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan 1 225 dona sanatoriylarga yo‘llanmalar ajratildi.
Shuningdek, 10 ming nafarga yaqin xotin-qizlar uchun Xiva va Samarqand shaharlariga sayohatlar tashkil etildi.



Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, ayollarning jamiyat kelajagini belgilab beruvchi muhim kuch ekanini ta’kidladi. Yurtimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, kasaba uyushmalari tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish orqali mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.





Tadbir davomida tarmoq kasaba uyushma tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 55 nafar xotin-qizlarga tabriknomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.








Tadbir ishtirokchilari ham so‘zga chiqib, tashkil etilgan bayram tadbiri ularda katta taassurot qoldirganini, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaganini ta’kidladilar.




Tadbir davomida yangragan sho‘x kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.



O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Toshkent viloyati Kengashi

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: