|
Xasanov Laziz Yakutxanovich
Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiBo‘lim faoliyatiga, bo‘lim xodimlarining mehnatini rejalashtirish hamda tashkil etishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; Kengash apparatining ish rejalari loyihalari ishlab chiqilishini hamda tasdiqlanishini tashkillashtiradi, bajarilishini muntazam ravishda tahlil qilib boradi; Kengash Qurultoyi, Ijroiya qo‘mitasi hujjatlari loyihalarining belgilangan muddatda tayyorlanishini ta’minlaydi; Kengash, Ijroiya qo‘mita majlislariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish davrida Kengash rahbariyati topshirig‘iga binoan Kengash apparati bo‘linmalarining ishini muvofiqlashtirib turadi; Kengashning ish reglamenti yuzasidan takliflar kiritadi hamda unga rioya etilishini nazorat qilib boradi; Kengashning yil yakuni faoliyati to‘g‘risida axborot tayyorlab, Adliya boshqarmasiga taqdim etadi; Kasaba uyushmalari xodimlari va faollarini Federatsiya Kengashining “Ehtirom nishoni”, Faxriy yorlig‘i, shuningdek Davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha quyi va a’zo tashkilotlar takliflarini Federatsiya Kengashiga taqdim etadi; Federatsiya Kengashi tasarrufidagi O‘quv markaziga kasaba uyushmalari faoliyatini “masofaviy ta’lim” orqali malaka oshirishlarini yo‘lga qo‘yishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi; Kengash Ijroiya qaroriga ko‘ra yoki Kengash rahbariyati topshirig‘iga muvofiq, kasaba uyushmalari faoliyatiga doir masalalarda majlislar, seminarlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi, tashkiliy ishlar masalalarida a’zo tashkilotlarga amaliy maslahat yordami ko‘rsatadi, a’zo tashkilotlar hamda tuman-shahar Kengashlarning tashkiliy ishlar uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari bilan seminar-yig‘ilishlar o‘tkazadi; Tizimda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirib boradi; Bo‘lim xodimlarining xizmat safarlari samarasini tahlil qilib boradi, tuman, shahar Kengashlari va a’zo tashkilotlardagi ishlar ahvoli to‘g‘risidagi axborotlarini muntazam eshitib boradi, bo‘lim xodimlarining faoliyatini yo‘naltirib turadi; Kasaba uyushmalari harakatida yuzaga kelgan ish amaliyotini o‘rganish hamda umumlashtirish, a’zo tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi; Tashkiliy ishlar masalalarida tuman, shahar Kengashlari va a’zo tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatadi, ularning tashkiliy ishlar uchun mas’ul xodimlari bilan o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlarga tavsiya materiallarini tayyorlaydi; Kengash apparati ish rejasi ijrosini monitoring qilib boradi hamda har chorak yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni rahbariyatga taqdim etadi; Tarmoq Kengashlari, viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib, hududda o‘tkaziladigan tadbirlarda (konferensiyalar, majlislar, yig‘ilishlar va h.k.) muddatlarini aniqlab boradi, apparat xodimlari ishtiroki bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritadi; Chet el delegatsiyalarini kutib olish va kuzatish rejalarini ishlab chiqadi, chet el vakillarini qabul qilishning tashkiliy va texnik ta’minotini amalga oshiradi; Kasaba uyushmasi kadrlarini xorijiy davlatlarga safarlari, jumladan, xorijiy o‘quv muassasalarida malaka oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirilishida ko‘maklashadi; Kasaba uyushmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomalarning, Konferensiya, Kengash, Ijroiya qo‘mita qarorlari, majlislari bayonnomalarining asl nusxalarini belgilangan tartibda saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi; Fuqarolar va yuridik shaxslarning bo‘lim faoliyati va yo‘nalishlariga tegishli murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi; Kengashining chorak, yarim yillik, yil yakuni bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida bo‘linmalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, zarur hollarda Ijroiya qo‘mitasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi; Tuman, shahar Kengashlari va a’zo tashkilotlar tomonidan korxona va tashkilotlar xodimlarini kasaba uyushmalariga jalb qilish bo‘yicha ishlarni yanada rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi; Kengash apparatining ish rejasiga muvofiq bo‘lim faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatini o‘rganish yuzasidan savolnomalarni ishlab chiqadi; Kengash apparati xodimlarining xizmat safari guvohnomalari va xizmat safari bilan kelgan xodimlarning xizmat safari guvohnomalari rasmiylashtirilishini tashkil etadi; Xodimlarning ish kunlari to‘g‘risida tabel tuzadi va Moliya bo‘limiga topshiradi; “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalariga obunani tashkillashtiradi, tahlil etadi va Rahbariyatga axborot kiritib boradi; Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi. Kengash rahbariyatini topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. |
|
Karimov Qobiljon Sobirovich
Moliya bo‘lim mudiri
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiMoliya bo‘limini boshqaradi, barcha moliyaviy ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi; Viloyat Kengashi raisiga moliyaviy masalalar bo‘yicha doimiy ravishda hisobot berib boradi; Soliq, statistika va boshqa idoralarga topshiriladigan hisobotlarni tuzadi hamda o‘z vaqtida sifatli topshirilishini ta’minlaydi. Viloyat Kengashi apparatining shtatlar jadvali, xarajatlar smetasi, viloyat kasaba uyushmalari byudjetining yillik ijrosi bajarilishi bo‘yicha Rayosat majlislariga ma’lumot tayyorlaydi va ijrosini ta’minlaydi; Viloyat Kengashi kasaba uyushma byudjeti mablag‘larining to‘g‘ri sarflashini, ularni smetada ko‘rsatilgan maqsadlarga sarflanishini, yig‘ilgan a’zolik badallarini o‘z vaqtida yuqori tashkilotlarga o‘tkazib berilishini nazorat qilib boradi; Quyi tashkilotlardagi bosh hisobchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, buxgalteriya hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilishini, mablag‘larni maqsadli sarflanishini nazorat qiladi; Bo‘lim tomonidan debitor va kreditor qarzdorliklarga yo‘l qo‘yilmasligini nazorat qiladi; Quyi va a’zo tashkilotlardan yarim yillik va yillik moliyaviy hisobotlarni qabul qilinishini va Viloyat Kengashi byudjetining to‘laligini ta’minlaydi, Federatsiya Kengashi va Kengash tomonidan berilgan topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli topshirilishini ta’minlaydi; Kasaba uyushmalari tashkilotlarida a’zolik badallari va byudjeti mablag‘lari Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida sarflanishi ustidan nazorat olib boradi hamda ushbu masalalarda ularga amaliy yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi; Kasaba uyushmasi byudjeti mablag‘laridan amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq foydalanish mavzusida quyi tashkilotlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etishni ta’minlaydi; Viloyat Kengashi va kasaba uyushmalari organlarida tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilishni tashkillashtiradi, Kengash xodimlariga oylik maoshlari va xizmat safari xarajatlari to‘lovlarining o‘z vaqtida berilishini doimiy nazorat qiladi; Har 2 yilda bir marta Viloyat Kengashining moliyaviy faoliyati auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishini tashkil etadi; Federatsiya Kengashi rahbariyati bilan kelishgan holda kasaba uyushma mulkini qayta hisoblash va baholash uchun mustaqil ekspertlarni, qayta baholash va konsalting tashkilotlaridan mutaxassislarni jalb etadi; Kasaba uyushmalari organlari balansida bo‘lgan asosiy vositalar ustidan doimiy nazorat olib boradi, har yilda bir marta inventarizatsiya o‘tkazishni va ularning hisobdan chiqarilishi bo‘yicha Viloyat Kengashining me’yoriy hujjatlariga amal qilinishini ta’minlaydi hamda Viloyat Kengashi raisi va Rayosat majlisiga ma’lumotlar tayyorlashni tashkillashtiradi; Bo‘limning tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida kasaba uyushmalari organlari tomonidan a’zolik badallarining yig‘ilishi, taqsimlanishi va byudjet mablag‘larining sarflanishi hamda moliyaviy hujjatlarning rasmiylashtirilishi bo‘yicha Rayosat majlislariga ma’lumotlar tayyorlaydi; Fuqarolar va yuridik shaxslarning bo‘lim faoliyati va yo‘nalishlariga tegishli murojaatlarining belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi; Viloyat Kengashi rahbariyatining bo‘limga yuklagan topshiriqlarini bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi; “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun va Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq hisobga olishni boshqarish tizimini tashkil qiladi; Kengash balansida bo‘lgan asosiy vositalar ustidan doimiy nazorat olib boradi va ularni hisobdan chiqarilishi bo‘yicha Federatsiya Kengashi yozma ruxsati bilan hamda Kengash rayosat yig‘ilishiga ma’lumotlar tayyorlashni tashkillashtiradi; Tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida byudjet mablag‘larining sarflanishi hamda moliyaviy hujjatlarning rasmiylashtirilishi bo‘yicha Kengash rayosati yig‘ilishlari hamda rais huzuridagi yig‘ilishlarga ma’lumot tayyorlaydi; Tegishli davrlarda kasaba uyushma badallari bo‘yicha qarzdorliklarni undirilishida joylarga chiqib mas’ul tashkilotchilarga, tarmoq kasaba uyushmalari tuman, shahar kengashlari hamda kasaba uyushma qo‘mitalariga amaliy yordam ko‘rsatadi va qilingan ishlar bo‘yicha Kengash hamda Federatsiya Kengashiga ma’lumot beradi; Viloyat Kengashi tasarrufidagi tarmoq kasaba uyushma tashkilotlari hamda kasaba uyushma qo‘mitalaridan yarim yillik va yillik moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi, umumlashtirib Federatsiya Kengashiga o‘z vaqtida va sifatli topshirilishini ta’minlaydi; Korxona kassasidagi naqd pul hamda qimmatbaho qog‘ozlarni saqlanishini nazorat qiladi; Taftish komissiyasi a’zolari bilan birgaliqda tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlari moliyaviy holatlarini nazorat qiladi, amaliy yordam beradi; Kengash balansidagi xizmat mashinalarini yoqilg‘i va ehtiyot qismlar uchun mablag‘ bilan ta’minlaydi, yo‘l varaqalarini tahlil qilib, foydalanilgan yoqilg‘ining hisoboti nazoratini olib boradi; Moliyaviy hujjatlar va Kengash muhrining saqlanishini ta’minlaydi va nazorat qiladi; Tuman, shaharlarga xizmat safariga chiqadi, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kasaba uyushma faollariga amaliy-uslubiy yordam beradi; Tasdiqlangan taqsimot jadvali asosida viloyat tumanlaridan biriga kasaba uyushmasining barcha yo‘nalishi bo‘yicha kuratorlik faoliyatini olib boradi; Fuqarolar va yuridik shaxslarning bo‘lim faoliyati va yo‘nalishlariga tegishli murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi; Viloyat Kengashi rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajaradi, kerakli ma’lumotlarni belgilangan muddatlardan kechiktirmay rahbariyat va yuqori organlarga taqdim qiladi, ijro intizomiga qattiq rioya etilishini ta’minlaydi; Xodimlarning ish kunlari to‘g‘risida tabel tuzadi; Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi. Kengash rahbariyatini topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. |
|
Bektashev Nursultan Abdug‘afur o‘g‘li
Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash bo‘limi mudiri
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiBo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha mintaqaviy kelishuv loyihasini tayyorlash ishlarini, shuningdek tuzilgan kelishuv bajarilishining borishi ustidan nazoratni tashkil etadi, shuningdek bandlik, ish haqi, ijtimoiy himoya borasida Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha viloyat uch tomonlama komissiyasi bilan hamkorlikni amalga oshiradi; Ijroiya qo‘mitasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun bo‘limning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlarni umumlashtiradi va tayyorlaydi; Tuman, shahar Kengashlari va a’zo tashkilotlarning mehnatkashlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ijobiy tajribasini o‘rganib chiqadi, umumlashtiradi va keng tarqatadi, bu borada ularga maslahatlar va uslubiy yordam beradi; Kengash tomonidan bo‘lim faoliyati yo‘nalishlariga oid qabul qilingan qarorlar, bo‘lim ish rejasining bajarilishini nazorat qiladi; Tarmoq va tuman, shahar kengashlari, boshlang‘ich jamoa shartnomalari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda shaxsan ishtirok etadi; Kengash apparati ish rejasiga kiritilgan umumiy vazifalar doirasida tuman, shahar Kengashlari, a’zo tashkilotlar, boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy yordam berishda joylarga chiqib o‘rganishlarda ishtirok etadi; Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha Bosh kelishuv loyihasini tayyorlash, uni tuzish va bajarilishining borishi ustidan nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha viloyat uch tomonlama komissiyasi bilan hamkorlik qiladi; Bo‘lim faoliyati yo‘nalishlariga taalluqli viloyat Davlat dasturlari bajarilishining borishini nazorat qiladi; Dolzarb ijtimoiy iqtisodiy masalalarni muhokama qilish uchun kasaba uyushmalari faollari va ish beruvchilarning hokimiyat boshqarma, idoralar vakillari bilan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etib boradi hamda unda ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni tayyorlaydi; Jamoa shartnomalarini tayyorlash va tuzish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish ishlarida ishtirok etadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi; Tarmoq va hududiy kelishuvlari loyihalarining ekspertizasini tashkil etadi va bajarilishini monitoring qiladi. Bo‘limda mehnat va ijro intizomiga rioya etilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi. Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi; Kengash rahbariyatini topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. |
|
Erbutayev Sobir Raxmonovich
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiIsh beruvchilar tomonidan xodimlarning mehnat muhofazasi masalalaridagi qonuniy huquqiy kafolatlari buzilishiga olib keluvchi qarorlar qabul qilinganda, ularni bekor qilish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritadi; Mehnatni muhofaza qilish bo‘limining mehnat muhofazasiga oid me’yoriy hujjatlarni qabul qilish zarurati to‘g‘risida takliflarini tayyorlaydi, ularni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etadi; Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazishni, bo‘lim mutaxassislarining malakasini oshirish va tajriba almashishlarini tashkil etadi; Tizimdagi tashkilotlarning mehnatni muhofaza bo‘yicha xodimlarini belgilangan tartibda tanlash va tayinlashda ishtirok etadi; Boshqarma, idoralar va boshqa boshqaruv organlaridan mehnat muhofazasi bo‘yicha taqdim etilayotgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan taklif va e’tirozlar tayyorlaydi; Yuqori tashkilotlardan taqdim etilayotgan ichki hujjatlarni ko‘rib chiqib, o‘z xulosasini beradi; Mehnatni muhofaza qilish sohasida olib borilgan ishlarni, bu borada erishilgan natijalarni, aniqlangan kamchiliklarni tahlil qiladi hamda Kengashning Ijroiya qo‘mita majlislarida muhokama etish uchun kiritadi; Ijro intizomiga rioya etilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi; Tarmoq va mintaqaviy kelishuvlar, kengash apparatlarining jamoa shartnomalari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda shaxsan ishtirok etadi; Rahbariyatni mehnatni muhofaza qilish qonunchiligi doirasida berilgan ko‘rsatmalariga asosan boshqa vazifalarni bajaradi; Ish kunlari to‘g‘risida tabel tuzadi va Moliya bo‘limiga topshiradi; Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi. Kengash rahbariyatini topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. |
|
Axmedova Shaxnoza Baxtiyarovna
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiKasaba uyushmasi a’zolari va xodimlarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashadi; Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi hamda ijrosining borishi to‘g‘risida Kengash raisiga axborot kiritib boradi; Fuqarolar murojaatini ro‘yxatga olish daftarini yuritadi va murojaatlarga doir hujjatlar jildini saqlaydi; Sudlarda va boshqa idoralarda Kengashning mulkiy, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda boshqa manfaatlarini himoya qiladi; Fuqarolardan bevosita hamda “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni (yozma va og‘zaki) ko‘rib chiqadi, fuqarolarni bevosita qabul qiladi, hisobotlarni to‘playdi, umumlashtiradi va tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi; Tuman va shaharlarga xizmat safariga chiqadi, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kasaba uyushma faollariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi; Davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud organlari va boshqa tashkilotlarda Kengash manfaatlarini ifoda etadi; Yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirishda ishtirok etadi; Kasaba uyushmalarining huquqiy targ‘ibot faoliyati va yuridik xizmat faoliyatiga doir boshqa vazifalarni amalga oshiradi; Kasaba uyushmalari veb-saytida yuridik xizmat faoliyati yoritilishini muvofiqlashtirib boradi; Tizimdagi tashkilotlar faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash va qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiladi; Ish kunlari to‘g‘risida tabel tuzadi va Moliya bo‘limiga topshiradi; Ijro intizomiga rioya etilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi; Kengashning tasdiqlangan Nizomida ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi; Kengash rahbariyatining topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. |
|
Namozboyev Abdulaziz Abduraxim o‘g‘li
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiKengash apparatidagi kompyuter hamda server qurilmalarini doimiy ishlab turishini ta’minlaydi; Kengashning tarmoq va server qurilmalariga dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish va sozlash ishlarini olib boradi; server qurilmalariga o‘rnatilgan dasturiy ta’minotlarni doimiy uzluksiz ishlab turishini ta’minlaydi; axborot tizimlari va axborot resurslari ob’yektlaridan foydalanish darajasini boshqaradi; kasaba uyushmalari Kengash tizimida axborot xavfsizligi siyosati talablarining bajarilishi bo‘yicha nazorat olib boradi; kasaba uyushmalari a’zolariga interaktiv xizmatlarni taqdim etish orqali veb-saytini texnik qo‘llab turishni tashkillashtiradi; axborot tizimidagi xavfsizlikni ta’minlash, elektron hujjatlar va ma’lumotlar bazalari arxivini saqlash bo‘yicha ishlarni olib boradi; foydalanuvchilarni serverda ro‘yxatdan o‘tkazadi, ularga login, parollarni belgilaydi; axborot tizimidan foydalanuvchilarga texnik yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi; joriy etilgan dastur va dasturiy vositalarni, shuningdek videokonferensiya aloqa tizimini uzluksiz ishlashini ta’minlaydi va nazorat qiladi; Kengash rahbariyatini topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi. |
|
Mirzayev Mashrab Nagmatovich
Mehnat huquq inspektori
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiO‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; O‘zbekiston kasaba uyushmalarining inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan vazifa va funksiyalarning to‘liq amalga oshiradi; Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha ish o‘rinlarida fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashishini va ularning faoliyatida ishtirok etishini, mehnat huquqlariga rioya etilishini va ularni himoya qilinishini nazorat qiladi; Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni qo‘llash va ularga rioya etish masalalari bo‘yicha xodimlar va ish beruvchilarga, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlariga maslahat va uslubiy yordam beradi; Fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya qilish zaruriyati to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi; Mehnat munosabatlari sohasidagi davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarga doir takliflarni va chora-tadbirlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi; Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘rsatilayotgan vajlar, o‘tkazilayotgan o‘rganishlarda aniqlangan qonun buzilishi holatlari, mehnat munosabatlariga oid mavjud muammolarni hamda huquqiy bo‘shliqlarni umumlashtirib, tahlil qilib boradi; Rahbariyat tomonidan tasdiqlangan ish reja va savolnoma asosida mehnat munosabatlarida mavjud muammolarni tizimli o‘rganadi; Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning lokal hujjatlarini, ish beruvchilarning mehnat munosabatlari sohasidagi buyruqlari qonun hujjatlariga mos kelishini tahlil qilish; Jamoa shartnomalari va bitimlarida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish; Huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi. Kengashi rahbariyati topshirig‘iga asosan boshqa vazifalarni bajaradi. |
|
Xazratkulov Shokirjon A’zamkulovich
Mehnat-texnik inspektori
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiO‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan xodimlarning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni buzilishining oldini olish va buzilgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘radi; A’zo tashkilotlarda faoliyat yuritadigan mehnat inspeksiyalarining yagona Nizomida belgilangan vazifa va funksiyalarning to‘liq amalga oshirilishi choralarini ko‘radi. Mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlashda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; Rahbariyat tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida tashkilotlar va korxonalarda o‘rganish va profilaktik amaliy yordamlarni o‘tkazadi; Xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda proflaktika ishlarini amalga oshirish hamda ko‘maklashish va ularni mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha huquqiy himoya qiladi; Mehnatni muhofaza qilishning ahvolini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi va amaliy yordam ko‘rsatadi; Ish beruvchilar tomonidan xodimlarning hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoatchilik asosida monitoringini amalga oshiradi; Kasaba uyushmalari organlari va mehnatni muhofaza qilish xizmatining mehnat muhofazasiga oid qo‘llanmalari, savolnomalari, tavsiyalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi; Ommaviy axborot vositalari orqali mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha axborot tushuntirish ishlarini olib boradi; Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sohasida profilaktik amaliy yordamlar ko‘rsatadi va tushuntirish ishlarini olib boradi; Rahbariyat tomonidan tasdiqlangan ish reja va savolnoma asosida mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishini tizimli o‘rganadi; Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi”, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari va bu boradagi qonun osti hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha tashkilotlarda va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik asosida o‘rganishlar va profilaktik amaliy yordamlar ko‘rsatishni tashkil qiladi. Mehnat inspektori bilan hamkorlikda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini maqsadli o‘rganishda ishtirok etadi. Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlariga, tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kasaba uyushmalarining vakolatli (ishonchli) shaxslariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi, ularning davriy ravishda o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi. Mehnat sharoitlari ekspertizasi yo‘nalishida; Mehnat sharoitlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; Mehnat sharoitlari va uskunalarning shikastlash xavfliligi bo‘yicha ish o‘rinlarini sifatli attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan jamoatchilik asosida monitoringni amalga oshirish; Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi, qo‘shimcha ta’til va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan ro‘yxatlar va ko‘rsatgichlar to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan tushuntirishlar berish; Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha sut (unga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-proflaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun) va maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa yakka tartibdagi himoyalanish va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; Mehnat sharoitlari va uskunlarning shikastlash xavfliligi bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazilishi va uning imtiyozlari bo‘yicha jamoatchilik asosida tushuntirish ishlarini olib borish; Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi. Kengash rahbariyatini topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. |
|
Xolmurzayev Baxodir Choriyevich
Madaniy-maʼrifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiBolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish Konsepsiyasiga muvofiq bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil qiladi; Boshqarma, muassasalar va jamoat tashkilotlari bilan mehnatkashlar farzandlarini oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi; Mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlariga jalb etiladigan xodimlar malakasini oshirish yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazadi; Kengash Ijroiya Qo‘mitasi majlislariga bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha masalalar kiritadi; Quyi bo‘g‘indagi kasaba uyushmalari tashkilotlarining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limlari, mutaxassislari faoliyatini muvofiqlashtirib va yo‘naltirib boradi; Bo‘limning ish rejalari va ular ijrosi bo‘yicha hisobotlarni umumlashtirib boradi; Bo‘limning yillik, chorak, yarim yillik ish rejalari va ular ijrosi bo‘yicha hisobotlarni umumlashtirib boradi; Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, milliy g‘oya targ‘iboti yo‘nalishida qabul qilinadigan hujjat va dasturlar loyihasini tayyorlaydi hamda ijrosini amalga oshirishda ishtirok etadi, monitoringini olib boradi; Har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlariga takliflar tayyorlaydi va viloyat dasturi ishlab chiqilishini tashkillashtiradi, bajarilishi monitoringini yuritadi, yuqorigi tashkilotlarga hisobot tayyorlaydi, bo‘lim faoliyatiga oid yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boradi; Mehnatkashlarning madaniy-ma’rifiy manfaatlarini himoya qilish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish masalalari yuzasidan tegishli faoliyatni amalga oshiradi; Respublikada nishonlanadigan umumxalq bayramlari munosabati bilan Kengashning tadbirlarini ishlab chiqadi; Bayramlar arafasida kam ta’minlangan, ko‘p bolali, yolg‘iz oilalar, «Mehribonlik», «Muruvvat», «Saxovat» uylari, urush va mehnat faxriylariga moddiy va homiylik yordami ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi; Mehnatkashlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, festival va uchrashuvlarni tashkil etadi; Bo‘lim tomonidan tashkil etilgan tadbirlarni “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalarida hamda veb-saytlarda ma’lumotlar yoritilib borishini ta’minlaydi; Kengash rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajaradi, kerakli ma’lumotlarni belgilangan muddatlardan kechiktirmiay taqdim qiladi, ijro intizomiga qattiq rioya etilishini ta’minlaydi; Tuman, shaharlarga xizmat safarlariga chiqadi, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kasaba uyushma faollariga amaliy-uslubiy yordam beradi; “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida xodimlar va ularning oila a’zolari uchun sayohatlarni tashkil qilish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va tashkil qilishda a’zo tashkilotlarga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatadi; Jamoa shartnomalari va kelishuvlarini ekspertizadan o‘tkazilishida ishtirok etadi; Fuqarolar va yuridik shaxslarning bo‘lim faoliyati va yo‘nalishlariga tegishli murojaatlarining belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi; Bo‘limda mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi. Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi. Kengash rahbariyatini topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. |
|
Mirzajanov Umidjon Samadovich
Ijtimoiy sug‘urta bo‘limi mudiri
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiBo‘lim faoliyatiga rahbarlik qiladi; Ijtimoiy sug‘urta budjeti mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, budjetni rejalashtirish va uni boshqarish masalalarini muvofiqlashtiradi; Kengash raisiga ijtimoiy sug‘urta budjetiga oid moliyaviy masalalar bo‘yicha doimiy ravishda hisobot berib boradi; Ijtimoiy sug‘urta budjeti ijrosi bo‘yicha Kengash raisiga, Kengash Rayosati majlislariga ma’lumot tayyorlaydi va ijrosini ta’minlaydi; Har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlariga bo‘lim faoliyati yo‘nalishiga oid kiritilgan vazifalar bajarilishi bo‘yicha nazorat olib boradi; Xodimlar hamda ularning farzandlarini dam oldirish va sog‘lomlashtirishni amalga oshirayotgan, shuningdek ularning normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi barcha tuzilmaviy bo‘linmalar ishini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi; Tashkilotlar bilan xodimlarni sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro aloqa o‘rnatadi; Tizimdagi sanatoriylarga yo‘llanmalar narxining belgilanish mexanizmi va strukturasi, ulardan foydalanish ustidan nazorat olib boradi; Ijtimoiy sug‘urta budjetiga tegishli moliyaviy operatsiyalar o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda debitor va kreditor qarzdorlik bo‘yicha belgilangan muddatda hisob-kitob qilinishini nazorat qiladi; Har chorak yakuni bo‘yicha a’zo tashkilotlardan ijtimoiy sug‘urta budjeti ijrosi bo‘yicha qabul qilingan moliyaviy hisobotlarni jamlaydi; Joylarga chiqib, ijtimoiy sug‘urta budjetining to‘g‘ri taqsimlanishi va sarflanishini, buxgalteriya hisob-kitoblari yuritilishini o‘rganadi hamda moliyaviy hisobotlarning tuzilishida boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy yordam beradi; Ijtimoiy sug‘urta budjeti hisobidan sog‘lomlashtirishga ajratiladigan mablag‘larni sarflash qoidalari va normalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Joylarga chiqib, ijtimoiy sug‘urta budjetining to‘g‘ri taqsimlanishi va sarflanishini, buxgalteriya hisob-kitoblari yuritilishini o‘rganadi hamda moliyaviy hisobotlarning tuzilishida kasaba uyushma tashkilotlariga amaliy yordam beradi; Fuqarolar va yuridik shaxslarning bo‘lim faoliyati va yo‘nalishlariga tegishli murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi; Bo‘limda mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi. Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi. Kengash rahbariyatini topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. |
|
Nurimov Azizbek Abdumannop o‘g‘li
Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri, raisning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiKasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan yoshlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish, ularni kasaba uyushmalari faoliyatiga keng jalb etish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali o‘z iqtidor va iste’dodlarini keng namoyish etishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi; Yoshlar masalalarida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlarini tashkillashtiradi; Fuqarolar va yuridik shaxslarning bo‘lim faoliyati va yo‘nalishlariga tegishli murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi; Yoshlarni mamlakatimiz taraqqiyotida faol ishtirok etayotgan kasaba uyushmalari faollarini har tomonlama rag‘batlantirish, turli lavozimlarga ularning nomzodini taklif etish va qo‘llab-quvvatlash, davlat mukofotlari va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining nishonlariga, Faxriy yorlig‘iga tavsiya etish bo‘yicha takliflar kiritadi; Jamoa shartnomalari maketlarini ishlab chiqishda, jamoa shartnomalari va kelishuvlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etadi, jamoa shartnomalarining yoshlarga oid bo‘limi bajarilishi bo‘yicha monitoring olib boradi; Yoshlar bandligini, yashirin ishsizlik holatlarini tahlil qilib boradi va tegishli choralar ko‘radi, yosh ishchi xodimlarning o‘rtacha ish haqi miqdorini tahlil qiladi, ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi, ommaviy tarzda ishdan bo‘shatib olinayotgan yosh xodimlarning qonuniy huquqlarini himoya qilishda ishtirok etadi; Ijtimoiy sohadagi davlat dasturlari bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj yosh xodimlar manfaatlarini himoya qilish borasida ish olib boradi; Bo‘limning ish rejalari ishlab chiqilishi va o‘z vaqtida tasdiqlanishini ta’minlaydi; Fuqarolar va yuridik shaxslarning bo‘lim faoliyati va yo‘nalishlariga tegishli murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi; O‘z faoliyatida mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi; Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi. Kengash rahbariyatini topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. |
|
Xidirov Jahongir Uzoqovich
Ishlar boshqaruvchisi
📞 (71) 762-73-92
Lavozim yo‘riqnomasiKengash apparati ishlar boshqarmasining faoliyatiga rahbarlik qiladi; Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik kadrlar bilan ishlash, ular o‘rtasida mehnat intizomi va ichki mehnat tartibiga amal qilinishini ta’minlaydi; Xo‘jalik faoliyatini tashkil qilish uchun kerakli anjom va uskunalar bilan ta’minlash va ularni sotib olish uchun tegishli takliflar hamda hujjatlar tayyorlash ishlarini tashkil qiladi; har oyda sotib olinishi zarur bo‘lgan anjom va uskunalar tahlilini qiladi; sotib olinayotgan anjom va uskunalarning keltirilishi, topshirilishi va rasmiylashtilishini tashkil qiladi; Tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish va bajarilgan ishlarni qabul qilish-topshirish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni tayyorlash va rasmiylashtirishni tashkillashtiradi; buxgalteriya bilan hamkorlikda moddiy boyliklarning hisobi olib borilishini ta’minlaydi; Moddiy javobgar shaxslar, qimmatbaho texnikadan foydalanuvchilar bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzadi; Kengash balansidagi bino va xonalarning holati talab darajasida saqlanishini, sanitar-gigiyena va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini, asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlaydi, Federatsiya Kengashining kapital-qurilish boshqarmasi bilan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini bajarishga takliflar kiritadi, zarur bo‘lganda shartnomalar tayyorlaydi va ularni nazorat qiladi; Hujjatlarning to‘g‘ri saqlanishini, shuningdek ularning muddatiga qarab topshirilishini nazorat qiladi; Ishlar boshqaruvchisi o‘z ish faoliyatida bevosita Kengash raisiga bo‘ysinadi; Amaldagi qonunchilikka asosan moddiy javobgardir; Yillik ish rejasini tuzadi va uning bajarilishini nazorat qiladi; O‘rnatilgan tartibda Kengash hisobida bo‘lgan mol-mulklarni inventirizatsiyadan o‘tkazadi. Kengash binosida telefon aloqasi, elektr energiyasi ta’minoti, suv, kanalizatsiya, isitish tizimlari uzluksiz ishlashini nazorat qilib boradi; Ishlar boshqarmasi xodimlarining ish kunlari kunlari to‘g‘risidagi tabel tuzadi va Moliya bo‘limiga beradi; Ishlar boshqarmasining yillik ish rejasini tuzadi va uning bajarilishini nazorat qiladi; O‘rnatilgan tartibda Kengash hisobida bo‘lgan mol-mulklarni invetarizatsiyadan o‘tkazadi; Federatsiya Kengashi mehmonlarini va delegatsiyalarni qabul qilish ishlarida qatnashadi; Kengash tomonidan o‘tkaziladigan Konferensiyalar, Kengash, Kengash Ijroiya qo‘mitasi majlislarini, rasmiy qabullar va boshqa tadbirlarning o‘tkazilishini tashkillashtiradi. Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni bajaradi Kengash rahbariyatini topshirig‘iga binoan boshqa vazifalarni bajaradi. |

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: