Viloyat kengashining rayosati
1. Birlashma kengashi majlislar (plenumlar) oralig‘ida joriy masalalarni hal etish uchun rayosatni (keyingi o‘rinlarda “Kengash rayosati” deb ataladi) saylaydi.
Kengash rayosati tarkibiga birlashma raisi, uning o‘rinbosari, kengash majlisi tomonidan saylangan boshqa aʼzolar kiradi.
2. Kengash rayosati majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
3. Kengash rayosati:
Birlashma kengashi majlisiga (plenumiga) muhokama etiladigan masalalar yuzasidan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish taqdim etadi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini va ijro nazoratini tashkil qiladi;
aʼzo tashkilotlarning mehnatkashlar ijtimoiy himoyasini taʼminlashga oid talablarini davlat organlarida qo‘llab-quvvatlaydi, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonunlarda belgilangan huquqlardan foydalanadi;
birlashma nomidan ish beruvchilar birlashmalari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan kelishuv tuzish uchun muzokaralar olib boradi, tuzadi, uning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
belgilangan tartibda jamoa shartnomalari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi, ularning bajarilishini tahlil qiladi va hisobini yuritadi, aʼzo tashkilotlarga bu borada amaliy yordam ko‘rsatadi;
hududdagi davlat boshqaruvi organlari, idora, tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
hududda ish haqi, xodimning sog‘ligiga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan beriladigan zarar to‘lovlarining o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik nazoratini olib boradi;
hududiy mehnat bozoridagi vaziyatni tahlil qilib boradi, yangi ish o‘rinlarini yaratish dasturiga takliflar kiritadi va bajarilishini monitoring qiladi;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun kvotalangan ish o‘rinlariga fuqarolar qabul qilinishini nazorat qilish ishlarini tashkillashtiradi;
yangi ish o‘rinlari haqiqatda yaratilganini joylarga chiqib o‘rganish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
hududda ish o‘rinlari qisqartirilishi yoki korxonalar tugatilishi natijasida bo‘shatib olingan xodimlarga qo‘shimcha moddiy madad choralari berilishi va ular ishga joylashtirilishini nazorat qiladi;
yashirin ishsizlik va norasmiy bandlikni cheklash borasida aʼzo tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatadi;
kasanachilar, vaqtinchalik, mavsumiy xodimlar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ularga moddiy va maʼnaviy ko‘mak berish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
mehnatkashlarga qonun hujjatlari va jamoa shartnomalarida nazarda tutilgan ijtimoiy himoya choralari qo‘llanilishini nazorat qilish ishlarini tashkillashtiradi;
mehnat muhofazasi sohasida olib borilayotgan ishlar haqidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, baxtsiz hodisalar va kasb kaslliklarining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan ish beruvchilarga talabnomalar kiritadi;
Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalariga hududda rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi;
kasaba uyushmalarining ustav vazifalari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratining barcha shakllari (davlat organlariga murojaat qilish, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik tekshiruvi, jamoatchilik fikrini o‘rganish va hokazolar)dan foydalanadi;
kasaba uyushmalari aʼzolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish, kasaba uyushmalari xodimlari va faollarini o‘qitish, madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlarini o‘tkazish masalalarida davlat va jamoat tashkilotlari bilan qo‘shma qarorlar qabul qiladi;
yangi tashkil etilayotgan korxonalarni foydalanishga qabul qilishda kasaba uyushmalari vakillari ishtirokini taʼminlaydi, ularda kasaba uyushma tashkilotlari tuzilishini tashkillashtiradi;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining mehnatkashlar haq-huquqlari va manfaatlarini kamsituvchi va amaldagi qonunlarga zid qarorlarini bekor qilishga, ijrosini to‘xtatishga va o‘zgartirishga erishadi;
kasaba uyushmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, Birlashma kengashining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, intitutsional rivojlantirish maqsadida, Federatsiya Kengashi bilan kelishgan holda boshqa davlatlarning kasaba uyushmalari, xalqaro tashkilotlar, ekologik va boshqa fondlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi, hamkorlikda loyihalarni tayyorlashi va amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin;
birlashmaning moliyaviy faoliyatini amalga oshiradi, Federatsiya Kengashi Rayosati bilan kelishgan holda Birlashma Kengashining kasaba uyushma va ijtimoiy sug‘urta budjeti bo‘yicha daromadlar va xarajatlar tasdiqlaydi;
Birlashma kengashi majlisini (plenumini) chaqiradi, kun tartibini taklif etadi hamda uni o‘tkazish vaqti va joyini belgilaydi;
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati qarori asosida Birlashma kengashi ishchi apparatining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
aʼzo tashkilotlarda kasaba uyushma aʼzolarini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, mehnat huquqlarini himoyalash, mehnat muhofazasi, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish, kasaba uyushmalari xodimlari va faollarini o‘qitish, ish yuritishni tashkil etish, madaniy va maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirib turadi, o‘rganadi, amaliy yordam ko‘rsatadi, zarur hollarda kengash rayosati majlisida muhokama etadi;
kasaba uyushmalarining o‘rta va quyi bo‘g‘in organlari rahbarlari hamda xodimlari uchun kasaba uyushmalari Respublika kengashlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda o‘quv-seminarlar tashkil etadi;
Federatsiya Kengashi, Kengash Rayosati qarorlariga muvofiq quyi tashkilotlar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishi mumkin;
kasaba uyushmalari kadrlari va faollarini Federatsiya Kengashining Faxriy yorlig‘i, Nishonlari bilan taqdirlash, shuningdek davlat mukofotlariga tavsiya etish to‘g‘risida takliflar, taqdimnomalar kiritadi;
Birlashma kengashi vakolat bergan boshqa vazifalarni bajaradi.
Birlashmaning oliy organi
1. Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining konferensiyasi birlashmaning oliy organi bo‘lib, Birlashma kengashining majlisi (plenumi) tomonidan besh yilda kamida bir marotaba chaqiriladi.
Konferensiya chaqirish, vakillik meʼyori hamda tavsiya etilayotgan kun tartibi to‘g‘risida konferensiyadan kamida ikki oy oldin eʼlon qilinadi.
Konferensiyaga vakillik meʼyori, Birlashma kengashini shakllantirish, delegatlarni saylash tartibi Birlashma kengashi majlisi (plenumi) tomonidan belgilanadi.
Birlashma raisi, birlashma kengashi raisining o‘rinbosarlari o‘z lavozimlariga ko‘ra birlashma konferensiyasining delegatlari hisoblanadilar.
2. Navbatdan tashqari konferensiya Birlashma kengashi tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoki Federatsiya Kengashi Rayosati qaroriga muvofiq yohud birlashmaga aʼzo tashkilotlarning kamida uchdan bir qismining talabi bilan chaqiriladi va uni chaqirish hamda ko‘zda tutilgan kun tartibi haqida kamida bir oy oldin eʼlon qilinadi.
Konferensiya vakolatiga:
birlashmani tashkil etish va uni tugatish;
birlashma raisini, Birlashma kengashi va taftish komissiyasi aʼzolarini saylash, aʼzo tashkilotlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakil yo‘llash usulida Birlashma kengashi tarkibiga salangan vakillarning vakolatini tasdiqlash;
Birlashma kengashi va taftish komissiyasining faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlarini tinglash;
birlashmaning uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturiy hujjatlarini qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qurultoyiga delegatlarni, belgilangan tartibda va vakillik meʼyoriga muvofiq Federatsiya Kengashi tarkibiga vakillarini saylash;
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustaviga zid kelmaydigan boshqa masalalarni hal etish kiradi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: