O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov, viloyat sport boshqarmasi tizimidagi tashkilot va muassasalar rahbarlari, boshlang‘inch kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda sportchi yoshlar ishtirok etdi.
O‘.Rashidov tomonidan yig‘ilganlarga Murojaatnomada ilgari surilgan tashabbuslar, islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari, xususan sport sohasini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bu borada kasaba uyushmalarining o‘rni va roli to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.



Spelling error report
The following text will be sent to our editors: