O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Nurafshon shahar hokimligi tomonidan 14-yanvar — «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablarining bir guruh bitiruvchilari hamda CHQBT o‘qituvchilari uchun Toshkent shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat yoshlarni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar ongida tinchlikning qadr-qimmati, jasorat, fidoyilik va mardlik tushunchalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar majmua hududida barpo etilgan yodgorliklar bilan tanishib, “Shon-sharaf muzeyi”dagi eksponatlar orqali II jahon urushi yillarida xalqimizning ko‘rsatgan matonati va fidoyiligi haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif yoshlar uchun katta taassurot qoldirib, ularda tarixiy xotiraga bo‘lgan hurmatni yanada kuchaytirdi hamda ajdodlarimiz jasoratini qalban his etishlariga xizmat qildi.




Spelling error report
The following text will be sent to our editors: