O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish” mavzusidagi o‘quv-seminarlar viloyat bo‘ylab izchil davom etmoqda.
12-noyabr kuni mazkur o‘quv-seminarlar Bo‘ka va Oqqo‘rg‘on tumanlarida tashkil etildi.
Kunning birinchi yarmida Bo‘ka tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov va tuman hokimi o‘rinbosari O.Djo‘rayevlar kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. Ular o‘z nutqida kasaba uyushmalarining jamiyatdagi o‘rni, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishdagi dolzarb vazifalar hamda mahalliy boshqaruv organlari bilan hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.


Kunning ikkinchi yarmida esa Oqqo‘rg‘on tumani hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan o‘quv-seminarni Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov bilan birgalikda tuman hokimi o‘rinbosari J.Djanikulovlar ochib berdi. Ular kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, jamoa manfaatlarini ilgari surish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17-oktabr kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati, ulardan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarga alohida e’tibor qaratdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarga mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, sanatoriylarda sog‘lomlashtirish, kasaba uyushmalarining tashkiliy-huquqiy asoslari, moliyaviy intizom, yosh xodimlar bilan ishlash tamoyillari, shuningdek “KasabaKIAT” dasturiy vositasidan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.
Ushbu o‘quv-seminarlar Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, asosiy maqsad — boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishdan iboratdir.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: