O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish” mavzusidagi navbatdagi o‘quv-seminar Yangiyo‘l shahri va tumanida davom ettirildi.
Joriy yilning 13-noyabr kuni Yangiyo‘l shahar hokimiyati majlislar zalida shahar va tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Gaziyeva va Yangiyo‘l shahar hokimi o‘rinbosari M.Narbayevlar ishtirok etishdi. O‘.Rashidov hamda M.Narbayevlar seminarni kirish so‘zi bilan ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17-oktabr kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslardan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar, bu borada davlat boshqaruvi organlari hamda kasaba uyushmalari hamkorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida atroflicha fikr bildirdi.

Seminar davomida ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarga mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, xususan, ularga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, sanatoriylarda sog‘lomlashtirish, kasaba uyushmalarining tashkiliy-huquqiy asoslari, moliyaviy masalalarda amaldagi me’yoriy hujjatlarga rioya etish, yosh ishchi xodimlar bilan ishlashning asosiy tamoyillari, “KasabaKIAT” dasturiy vositasidan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.






Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi. Ushbu o‘quv-seminar Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi belgilangan.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: