2020-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, 11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan bo‘lib, qolaversa joriy yilda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari harakati tashkil topganiga 120 yil to‘ladi. Ushbu shodiyonalar munosabati bilan yurtimizda kasaba uyushmalari faollari va faxriylari taqdirlanmoqda.

Shunday tadbirlardan biri 5-noyabr kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva, “Olmalik KMK” AJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Xaydarov, Nuroniy jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari A.Nosirov, O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari R.Sheraliyev, kasaba uyushmalari mas’ullari va faollari ishtirok etdi.


Tadbirni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan 11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni hamda kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayrami munosabati bilan tabrikladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17 oktyabr kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslarga alohida to‘xtalib, “Kuchli kasaba uyushmalari – kuchli jamiyat asosi!” degan tamoyilning bugungi kundagi ahamiyatini ta’kidladi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar kasaba uyushmalari faoliyatining jamiyat hayotida tutgan o‘rni, mehnatkashlarning mehnatga oid huquq va manfaatlarini himoya qilishda ko‘rsatayotgan fidoyiligi va jonkuyarligini e’tirof etdi.

Tadbir davomida viloyat, tuman-shahar kasaba uyushma tashkilotlari raislari va mas’ullari, korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari va faollaridan 73 nafariga “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.









O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: