11-noyabr — «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi, Toshkent viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan “Kasaba uyushmalari haqidagi eng yaxshi mavzu” tanlovi tashkil etildi.

Raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanib, onlayn tarzda tashkil etilgan ushbu tanlovga viloyatdagi matbuot, televidenie, radio va internet platformalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, shoirlar hamda mustaqil ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan ko’plab ijodiy ishlar qabul qilindi.
Tanlovni tashkil etishda hamkor tashkilotlar vakillaridan tuzilgan hakamlar hay’ati barcha ijodiy ishlarni nizom asosida xolis baholab, “Eng yaxshi tele va radio reportaj”, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida eng yaxshi she’r”, “Eng ommabop va qiziqarli blogpost” hamda “Eng ommabop va qiziqarli blogpost” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarni aniqlashdi.


O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida g’oliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat Kengashi raisi S.Fayziyeva, Nuroniy jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari A.Nosirov, O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari R.Sheraliyev, viloyatdagi turli darajadagi kasaba uyushmalari tashkilotlari faollari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Kasaba uyushmalari haqidagi eng yaxshi mavzu” tanlovining 4 ta yo‘nalishi bo‘ycha g‘oliblar va tanlovda faol ishtirok etganlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Unga ko’ra quyidagilar:
- “Eng yaxshi tele va radio reportaj” nominatsiyasi bo‘yicha:
Atadjanova Gulnora Kaxarovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent viloyati teleradiokanali” davlat muassasasi Televideniye guruhining katta muharriri; - “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida eng yaxshi she’r” nominatsiyasi bo‘yicha:
Bozoraliyev Ma’murjon Joylau o‘g‘li – O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bo‘lim mudiri; - “Eng ommabop va qiziqarli blogpost” nominatsiyasi bo‘yicha:
Begmurodova Muqaddamxon Qosimovna – Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi bosh mutaxassisi; - “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha:
«O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi oldidan bosh mezon – inson qadri» hamda «Oqtosh ertaklari» mavzusidagi maqolasi uchun Muxamedazizova Iroda Raxmatillayevna – “Chirchiq tongi” gazetasi bosh muharriri;
«Maqsadimiz xalq farovonligiga hissa qo‘shish» mavzusidagi maqolasi uchun Sharipova Dilbar Toxirovna – Zangiota tumani “Istiqbol” gazetasi bosh muharriri;
«Bizning kasaba uyushmamiz – bu ilg‘or bugungi kun va himoyalangan kelajakdir» mavzusidagi maqolasi uchun Mavrayeva Yuliya Vladimirovna – Angren shahar issiqlik ta’minotining ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i tanlovda g’olib deb topildi.




Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan viloyatdagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan 10 nafar tibbiyot xodimlariga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Umid gulshani” hamda “Ko‘hinur” sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar topshirildi.




Spelling error report
The following text will be sent to our editors: