YOSH ISHCHI-XODIMLAR OʻRTASIDA «ZAKOVAT» INTELLEKTUAL OʻYINI OʻTKAZILDI

Joriy yil 24-sentabr kuni Nurafshon shahar “Nuroniylar maskani”da O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomondan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamda “Zakovat” intellektual klubi nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Intellektual o‘yin ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarga intellektual salohiyatlarini namoyon etishlariga sharoit yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida Toshkent vilyaotidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh ishchi-xodimlar o‘rtasida o‘tkazildi.

Intellektual o‘yin davomida jamoalar mantiqiy, kasaba uyushmalari faoliyatiga va tarixiga doir 24 ta savollarga javob topishdi.

Intellektual oʻyinda g‘oliblik “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ ning «OKMK» jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa, 42219-sonli harbiy qismning «Temur vorislari» va «O‘zbekko‘mir» AJ ning “Konchilar” jamoalari egallashdi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Print Friendly, PDF & Email