RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Nurafshon shahrida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan korxona va tashkilotlardagi yosh xodimlarning tashabbus va qiziqishlarini yaqindan o‘rganish hamda yosh xodimlarning rahbariyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi M.Hamzaev, «Nuroniy» jamgʻarmasi Nurafshon shahar boʻlimi rahbari J.Axmedqulov tarmoq kasaba uyushmalari Toshkent viloyati kengashlari raislari va masʼullari, Toshkent viloyatidagi korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga kasaba uyushmalarining 120 yillik tarixi, ushbu davr mobaynida erishilgan natijalar, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining bugungi kundagi faoliyati, xususan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lmot berildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT bosh assambleyasining 80-yubley sessiyasida soʻzlagan nutqining mazmun-mohiyati, sessiya doirasida oʻtkazilgan tadbirlar hamda xalqaro uchrashuvlardagi ishtiroki toʻgʻrisida S.Fayziyeva tomonidan yoshlarga batafsil maʼlumot berildi.

 

Uchrashuv davomida ochiq muloqot o‘tkazilib, unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar hamda takliflar yuzasidan rahbarlarga murojaat qildilar. Savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berildi. Bildirilgan takliflar ma’qullanib, ular yuzasidan alohida chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

 

Print Friendly, PDF & Email