Kasaba uyushmalari yoshlari “Chinobod plaza”da

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan 26-iyun kuni Nurafshon shahrida o‘tkazilgan “Kasaba uyushmalari yoshlari – yangi O‘zbekiston bunyodkori” Respublika yoshlar forumi doirasida Toshkent viloyatidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan bir guruh faol yoshlar sanatoriyga bepul yo‘llanma taqdim etuvchi sertifikatlar bilan taqdirlangan edi.

Bugun – 15-avgust kuni ushbu yoshlar Toshkent shahridagi sertifikat asosida “Chinobod plaza” sanatoriysiga joylashtirildi. Yoshlar ushbu sanatoriyda 10 kun davomida malakali mutaxassislar nazoratida, qulay va eng zamonaviy sharoitlarda salomatligini tiklashlari ko‘zda tutilgan.

Print Friendly, PDF & Email