Faol yoshlar Issiqko‘lda dam oladi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan 26-iyun kuni Nurafshon shahrida o‘tkazilgan “Kasaba uyushmalari yoshlari – yangi O‘zbekiston bunyodkori” Respublika yoshlar forumi doirasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Toshkent viloyatidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan bir guruh faol yoshlar Qirg’iziston Respublikasi Issiqko’l viloyatidagi «Bo’ston» pansionatiga bepul yo‘llanma taqdim etuvchi sertifikatlar bilan taqdirlangan edi.

22-avgust kuni ushbu yoshlar Toshkent shahridan Qirg’iziston Respublikasiga jo’nab ketishdi. Yoshlar qo’shni respublikada joylashgan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi pansionatda 8 kun davomida madaniy xordiq chiqarishlari, malakali mutaxassislar nazoratida, qulay va zamonaviy sharoitlarda salomatligini tiklashlari ko‘zda tutilgan.

 

Print Friendly, PDF & Email