O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati tashkilotining V KONFERENSIYASI bo‘lib o‘tdi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Kasaba uyushmalariga 120 yil Yangiliklar

Konferensiyada ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat kengashi raisi S.Fayziyeva, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Tashkiliy ishlar bo‘lmi mudiri S.Sayfullayev ishtirok etdilar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat kengashi raisi S.Fayziyeva tomonidan Konferensiya ishtirokchilariga so‘ngi yillarda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu yil O‘zbekiston Kasaba uyushmalari xarakatining 120 yilligi keng nishonlanishi va kasaba uyushmasiga oid boshqa yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Konferensiyada kasaba uyushmasi viloyat tashkilotining 2020-yil iyun oyidan 2025-yil iyun oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati raislar kengashining hisoboti tinglanib, O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati raislar kengashining raisligiga, raislar kengashining tarkibini saylash, Tarmoq kasaba uyushmasining Qurultoyiga delegatlar va vakillar,  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat xududiy bo‘linmasi  hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar va vakillar saylash, O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati raislar kengashining 2020 yil iyun  oyidan 2025 yil iyun oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati konferensiya delegatlari tomonidan “Qoniqarli” deb topildi.

Konferensiya so‘ngida kasaba uyushmalari nufuzini yanada ortirishda, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni himoya etishdagi ishlari uchun  bir guruh kasaba uyushma faollariga O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining tashakkurnomalari berildi.

 

Print Friendly, PDF & Email