Uchrashuvda “Uzbekistan Aquatics” Federatsiyasi raisi o‘rinbosari B.Tojiyev, Federatsiyaning Toshkent viloyati boʻlimi raisi S.Fayziyeva, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshligʻi R.Boboqulov, suzish sport turi buyicha talabalar, sport maktab rahbarlari va trenerlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 382-sonli qarori ijrosini ta’minlash, viloyatdagi mavjud suzish havzalariga malakali murabbiylarni jalb etish, viloyatda suv sport turlarini aholi orasida ommalashtirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida muhokama qilingan masalalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlashga kelishildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: