O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 30-iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan 50 nafar viloyatimiz yoshlari uchun Samarqand viloyatiga 2 kunlik sayohat tashkil etildi. Sayohat doirasida yoshlar viloyatdagi turizm maskanlari, tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarga tashrif buyurdilar.
Kunning ikkinchi yarmida yoshlar birinchi prezident Islom Karimov maqbarasi joylashgan Hazrati Xizr masjidi, «Shohi Zinda» majmuasi va «Boqiy shahar» xalqaro turizm markaziga tashrif buyurdilar.
Sayohatning ikkinchi kuni davomida yoshlar «Goʻri Amir» maqbarasi, «Registon» majmuasi, «Bibi honim» masjidi va Islom Karimov uy muzeyiga tashrif buyurdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: