O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyat bo‘linmasining II Hisobot-saylov konferensiyasi o’tkazildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Kasaba uyushmalariga 120 yil Yangiliklar

Joriy yilning 19-iyun kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining katta  majlislar zalida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent  viloyati bo‘linmasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi F.R.Xanapiyayev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi raisi S.M.Fayziyeva hamda boshqa taklif qilingan mehmonlar, hamkor tashkilot  vakillari va 48 nafar quyi tashkilotlardan saylangan delegatlar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati  Kengashining 2021 yil aprel oyidan 2025 yil iyun oyigacha bo‘lgan davrdagi  faoliyatini “qoniqarli” deb baholandi hamda taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.

Hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning 3.3.22. bandida ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod etilgan kasaba uyushmasining hududiy kengashlari raislari va rais o‘rinbosarlari saylovi muqarrar ravishda muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilish belgilanganligini inobatga olib, muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Toshkent  viloyati Kengashi raisi lavozimiga kelgusi  besh yil muddatga Ataxodjayev Ziyodillaxon Muzaffarovich qayta saylandi. Shu bilan birga viloyat Kengashi tarkibi hamda taftish komissiyasining tarkibi va taftish komissiyasi raisi saylandi.

Kun tartibidagi barcha masalalarni delegatlar  tomonidan atroflicha ko‘rib chiqib, konferensiyada  tegishli qarorlar qabul qilindi.

Konferensiya ishi yakunida, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashining 1-Tashkiliy Majlisi o‘tkazildi, unda Rayosat a’zolari hamda jamoatchilik asosidagi viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari saylandi.

Shuningdek, kasaba uyushmalarining kelgusi besh yil davomida amalga oshiriladigan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashining ustuvor vazifalari belgilab olindi.

 

Print Friendly, PDF & Email