Ushbu muhim anjuman viloyatdagi ta’lim va fan sohasi xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘tgan besh yillik faoliyatni tahlil qilish va kelgusidagi strategik vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlandi.
Konferensiya ishida yurtimizning nufuzli mehmonlari — O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R. Bedilov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati kengashi raisi o‘rinbosari O. Rashidov ishtirok etdilar.
Kun tartibiga muvofiq, tarmoq kasaba uyushmasi viloyat bo‘linmasining 2020 yil avgustidan 2025 yil iyunigacha bo‘lgan faoliyati to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Axborotda viloyatda ta’lim sohasi xodimlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi, sog‘lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Muzokaralarda so‘zga chiqqan delegatlar kasaba uyushmasi tomonidan olib borilgan ishlarni ijobiy baholar ekan, kelgusidagi faoliyatni yanada takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalarini ham bildirdi.
Anjuman davomida bir qator muhim tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Jumladan:
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining bo‘lajak Qurultoyiga delegatlar saylandi;
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati konferensiyasida viloyat nomidan ishtirok etuvchi delegatlar hamda ushbu tashkilotlarga tarmoq kasaba uyushmasidan vakillar saylandi.
Mazkur Konferensiya Toshkent viloyati ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyatida yangi davrni boshlab berdi. Unda nafaqat o‘tgan besh yillik faoliyatga xulosa berildi, balki viloyat tashkilotining mamlakat kasaba uyushmalari harakatidagi o‘rni va ishtiroki yanada mustahkamlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: