KOREYA DELEGATSIYASI TOSHKENT VILOYATIDA

Kasaba uyushmalariga 120 yil Viloyat yangiliklari Yangiliklar

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyati bilan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida Koreya Iqtisodiy, ijtimoiy va mehnat kengashi raisi Gi Seob Kvon boshchiligidagi delegatsiya 16-18-iyun kunlari yurtimizga tashrif buyurdi.

Tashrifning uchinchi kunida delegatsiya aʼzolari Toshkent viloyatida boʻldi.

Viloyatdagi dastlabki manzil Chirchiq shahridagi “Uztex Group” MCHJ to‘qimachilik korxonasi bo‘ldi. Mehmonlarga korxonadagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti faoliyati, ishchi-xodimlarning mehnatga oid huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, ishchi-xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda korxonaning eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasidagi keyingi manzil dengiz sathidan 1600 metr balandlikda, Tyan-Shan tog‘ etaklarida, Ugam-Chotqol hududida joylashgan “Sevarsoy” sanatoriysi bo‘ldi. Delegatsiya a’zolariga sanatoriyda dam oluvchilarni sog‘lomlashtirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ular haqida to‘liq ma’lumot oldi.

 

Print Friendly, PDF & Email