Konferensiyada Toshkent viloyati bo‘yicha “Uzbekistan aquatics” suv sport turlari federatsiyasi raisi S.Fayziyeva, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori T.Mamatqulova, Sport vazirligining Suv sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori D.Maxsudov, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov, viloyatdagi boshqarma, tashkilotlar hamda suv sportiga ixtisoslashgan sport maktablari, suv sporti saroylari rahbarlari va murabbiylari ishtirok etdi.
Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 382-sonli qarori ijrosini ta’minlash, Toshkent viloyatida suv sport turlarini aholi orasida ommalashtirish va rivojlantirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashilib tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, Toshkent viloyati bo‘yicha “Uzbekistan aquatics” suv sport turlari federatsiyasiga 11 nafardan iborat Ijroiya qo‘mita a’zolari saylandi. Oʻ.Rashidov ijrochi direktor etib tayinlandi.





Spelling error report
The following text will be sent to our editors: