O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro Mehnat Tashkilotining xodimlar faoliyati bo‘yicha byurosi (ACTRAV)ning 2025-yil uchun qo‘shma tadbirlar rejasiga hamda So‘g‘d viloyati va Toshkent viloyati kasaba uyushmalari Kengashlari o‘rtasida manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha imzolangan, 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasiga muvofiq joriy yilning 27-28 may kunlari So‘g‘d viloyati kasaba uyushmalari vakillarining Toshkent viloyatiga tashrifi tashkil etilib, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi bilan tajriba almashishga qaratilgan hamkorlik tadbirlari o‘tkazildi.
Xalqaro tajriba almashish – turli sohalarda ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish, madaniy muloqotni kuchaytirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda.
Xususan, kasaba uyushmalari tizimida ham mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, ushbu tajribalarni yurtimizdagi kasaba uyushmalari tizimlarida moslashtirgan holda joriy qilish – tizim faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro Mehnat Tashkilotining xodimlar faoliyati bo‘yicha byurosi (ACTRAV)ning 2025-yil uchun qo‘shma tadbirlar rejasiga hamda So‘g‘d viloyati va Toshkent viloyati kasaba uyushmalari Kengashlari o‘rtasida manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha imzolangan, 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasiga muvofiq joriy yilning 27-28 may kunlari So‘g‘d viloyati kasaba uyushmalari vakillarining Toshkent viloyatiga tashrifi tashkil etilib, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi bilan tajriba almashishga qaratilgan hamkorlik tadbirlari o‘tkazildi.
So‘g‘d viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Sharifullo Abdullozoda, So‘g‘d viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi apparati mudiri Muxbira Abbosova, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi So‘g‘d viloyati tashkiloti raisi Abulatif Ustoboyev, Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi So‘g‘d viloyati tashkiloti raisi Fotimaxon Kadirova, Xalq ta’limi va fan xodimlari kasaba uyushmasi So‘g‘d viloyati tashkiloti raisi Musobek Samizodalardan iborat delegatsiya dastlab Bekobod tumanidagi “Oybek” chegara postida tantanali kutib olindi.
Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashiga tashrif buyurib, kengash faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Tojikistonning Soʻgʻd viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi delegatsiyasi aʼzolari ishtirokida «Kasaba uyushmalari va davlat organlarining ijtimoiy ijtimoiy sherikligi: mehnatkashlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha ilg‘or mahalliy va xorijiy tajriba» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida mehmonlar Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2023 – 2025-yillar uchun “Hududiy jamoa kelishuvi” asosida amalga oshirlayotgan ijobiy ishlar bilan tanishtirildi. Mazkur kelishuv Toshkent viloyatidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda tatbiq etilganligi hamda bundan asosiy maqsad mehnatkashlarni ijtimoiy va huquqiy qo‘llab-quvatlash va zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashdan iborat ekanligi e’tirof etildi.
Ta’lim va fan, madaniyat va sport, turizmni rivojlantirish hamda tadbirkorlik, biznes, xizmat ko‘rsatish, agrosanoat kabi barcha 8 ta tarmoq bo‘yicha hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar, tashabbuslar va islohotlar xususida batafsil axborot berildi. Mazkur tarmoqlar kesimida viloyat kengashi tomonidan e’tibor qaratilayotgan jihatlarga alohida urg‘u berildi. Xususan, o‘z tizimlarida amalga oshirilayotgan faoliyat, amaliyotda uchrayotgan muammolar, kasaba uyushmalari tizimlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashilib, ikkala tomon o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Davra suhbati yakunida ikki tomon bir-birlariga o‘zbek va tojik xalqlarining milliy qadriyatlari aks ettirilgan esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Davra suhbatidan soʻng Soʻgʻd viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi delegatsiyasi Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolari maktabda oʻquvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, maktab boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyati, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Delegatsiyasi aʼzolari Nurafshon shahridagi “Vatanparvar bogʻi” majmuasiga tashrif buyurdi. Mehmonlar ushbu majmuada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bilan uchrashib, ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona hamkorlik aloqalari yuzasidan fikr almashdi.
Mehmonlarga II Jahon urushidagi fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga Oʻzbekiston, xususan, Toshkent viloyati xalqining qoʻshgan hissasi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. “Vatanparvar bog‘i”ning himoya xandaqi ichida joylashgan “G‘alaba” muzeyidagi urush davriga oid eksponat va koʻrgazmali vositalar namoyish etildi.
Mehmonlar O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi masʼullari va bir guruh jamoat faollari hamrohligida “Matonat madhiyasi” majmuasi poyiga gulchambar qo‘ydi.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari “Deputatlar bog‘i”ga ham tashrif buyurib, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari Nurafshon shahridagi “Kasaba uyushmalari bogʻi”ga tashrif buyurib, bogʻ faoliyati, hududda amalga oshirilgan ko’kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlar bogʻ hududida manzarali daraxtlar ekib, bogʻni kengaytirishga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Tashrifning ikkinchi kuni So‘g‘d viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi delegatsiyasi a’zolarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘quv markaziga tashrifi bilan boshlandi.
Delegatsiya a’zolari o‘quv markazida yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, o‘quv dasturi, o‘quv jarayonlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy pedogogik texnologiyalar bilan tanishtirildi. O‘quv markazida malaka oshirayotgan tinglovchilar bilan suhbatlashildi. O‘z navbatida tinglovchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasida mehmonlarga murojaat qilishdi.
Shuningdek, o‘quv markazi qoshidagi Kasaba uyushmalari tarixi muzeyiga sayohat uyushtirilib, delegatsiya a’zolari O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi, ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.
Keying manzil Chirchiq shahrida joylashgan “AgroTech Klaster” MCHJ bo‘ldi. Tojikistonlik mehmonlar ushbu zavodda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti faoliyati bilan tanishtirildi. Xodimlarning mehnatga oid huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, ishchi xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari zavodda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularni mahalliylashtirish darajasi, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda zavodning eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdi.
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Chinorkent” turistik zonasida tashrif buyurdi. Ushbu maskanda sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ikki tomon kasaba uyushma tashkilotlarining turistik imkoniyatlaridan unumli foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
Tashrif doirasidagi so‘nggi manzil dengiz sathidan 1600 metr balandlikda, Tyan-Shan tog‘ etaklarida, Ugam-Chotqol hududida joylashgan “Sevarsoy” sanatoriysi bo‘ldi. Delegatsiya a’zolariga sanatoriyda dam oluvchilarni sog’lomlashtirish uchun yaratilgan sharoitlar haqida to‘liq ma’lumot berilib, tuzli g‘or, zamonaviy suzish havzasi va kurort majmuasi bilan tanishtirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: