2025-yil 22-may kuni O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyat Kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mutaxassisi R.A.Mansurov, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining mehnat huquqi inspektori N.M.Asadova, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari O’.T.Rashidov hamda 30 nafar delegat ishtirok etdi.
Konferensiyada viloyat Kengashi raisi J. Alikulov va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi. Konferensiya delegatlari tomonidan O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyat Kengashining 2020-yil may oyidan 2025-yil may oyigacha bo‘lgan faoliyati qoniqarli deb topildi.
Hisobot-saylov konferensiyasi delegatlari tomonidan yopiq ovoz berish yo‘li bilan Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyat Kengashi raisligiga 98% ovoz bilan Alikulov Jahongir Haydarovich qayta saylandi. Saylov shaffoflik asosida o‘tdi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Kengash faollarini tabriklab, o’tgan davr mobaynidagi kasaba uyushmalarini tarixi bilan tanishtirib qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: