O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Zangiota tumani Kengashining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Kasaba uyushmalariga 120 yil Yangiliklar

Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Gaziyeva, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri A.Nurimov, tuman Kengashi a’zolari, boshlang‘ich tashkilotlardan saylangan delegatlar hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdi.

Konferensiyda tuman kengashi hamda nazorat-taftish komissiyasining 2020-yil may oyidan 2025-yil may oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti o‘qib eshittirildi. Delegatlar tomonidan tuman kengashi va nazorat-taftish komissiyasining faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.

Tuman Kengashi raisi saylovi muqobillik asosida, yashirin ovoz berish shaklida o‘tkazilib, unda G.Mo‘minova Kengash raisi etib saylandi.

Shuningdek, Konferensiya ishida tuman kengashi rais o‘rinbosari, tuman Kengashi hamda nazorat-taftish komissiyasining yangi tarkibi, Toshkent viloyati konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlar saylandi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan, kasaba uyushmasining faol a’zolariga tuman Kengashining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Print Friendly, PDF & Email