O‘zKUF Bosh Kengashining 2024-yil 21 dekabrdagi IX-3-sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘stonliq tumani Kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi raisining o‘rinbosari L.Xolmo‘minova, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B.Mirzayev Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘stonliq tuman kengashi a’zolari, kasaba uyushmasi faollari hamda tuman Kengashi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlardan saylangan delegatlar ishtirok etishdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘stonliq tumani tashkilotining 2020-yilning may oyidan 2025-yilning may oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlari yuzasidan tuman Kengashi raisi U.Ahmedovning hamda nazorat-taftish komissiyasi raisi T.Dexqonovlarning hisoboti tinglandi.
Konferensiya delegatlari tomonidan Bo‘stonliq tumani tashkilotining faoliyati “qoniqarli” deb baholandi va o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra U.Ahmedov O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘stonliq tumani Kengashining raisi etib saylandi.
Shuningdek, konferensiyada tuman Kengashining yangi tarkibi, nazorat-taftish komissiyasining tarkibi hamda Toshkent viloyati tashkiloti konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlar tasdiqlandi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan, kasaba uyushmasining faol a’zolariga tuman Kengashining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: