O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 67-maqsadida “Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish” vazifasi belgilangan. Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yil 17-may kuni Nurafshon shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Sport ishlari boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostidagi “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalarining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, viloyat Sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Mamatqulov, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Xojiyev ishtirok etib musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.
Musobaqa sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, uning quyi bosqichlarida viloyatdagi mavjud 888 ta umumta’lim muassasalarining 20 000 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etishdi.
Sport musobaqalarining viloyat bosqichiga esa tuman-shahar bosqichlarida eng kuchli deb topilgan 200 nafarga yaqin ishtirokchilar yetib kelishdi.
Ochilish marosimidan so‘ng sportning 5 ta turi bo‘yicha musobaqalarga start berildi. Barcha musobaqalar qizig‘in raqobat muhitida, bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Sport musobaqalarining yakuniy natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
Mini futbol (erkaklar): 1-o‘rin Ohangaron shahar, 2-o‘rin Yuqori Chirchiq tumani, 3-o‘rin Chinoz tumani;
Voleybol (erkaklar): 1-o‘rin Parkent tumani, 2-o‘rin Ohangaron shahar, 3-o‘rin Bo‘ka tumani;
Voleybol (ayollar): 1-o‘rin Ohangaron shahar, 2-o‘rin Parkent tumani, 3-o‘rin Bekobod tumani;
Stol tennisi (erkaklar): 1-o‘rin Dukanov Diyor (Oqqo‘rg‘on tumani), 2-o‘rin Rashidov Umidjon (Chinoz tumani) 3-o‘rin Ablaxanov Nursultan (Quyi Chirchiq tumani);
Stol tennisi (ayollar): 1-o‘rin Eshtoyeva Dilfuza (Parkent tumani), 2-o‘rin Abdusaidova Hilola (Toshkent tumani), 3-o‘rin Jasurova Navruza (Zangiota tumani);
Shaxmat (erkaklar): 1-o‘rin Raxmonov Sherali (Bo‘ka tumani), 2-o‘rin Xaydarov Adxam (Bekobod tumani), 3-o‘rin Markayev Maqsud (Angren shahar);
Shaxmat (ayollar): 1-o‘rin Ozodboyeva Lobar (Parkent tumani), 2-o‘rin Xashimova Nodira (Toshkent tumani), 3-o‘rin Xolmatova Maryam (Piskent tumani);
Shashka (erkaklar): 1-o‘rin Bozorov Ulug‘bek (Yuqori Chirchiq tumani), 2-o‘rin Abdurasulov Saidakbar (Bo‘ka tumani), 3-o‘rin Sultanov Alimardon (Ohangaron tumani);
Shashka (ayollar): 1-o‘rin Jongabekova Ozoda (Chinoz tumani), 2-o‘rin Kuranova Lobar (Bekobod tumani), 3-o‘rin Ismtaillayeva Guljamal (Olmaliq shahar).
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va sport formalari to‘plami bilan taqdirlandi.
Barcha sport turlari bo‘yicha musobaqalarda eng ko ‘p ochko jamg‘argan Parkent tumani jamoasi “Kasaba uyushmalari kubogi” va 30 mln.so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: