Chirchiq shahrida Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari kasaba uyushmasi xodimlarining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

Mazkur konferensiya 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davr mobaynida shahar Kengashining faoliyati hamda natijalarni tahlil qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Konferensiyada mehnat jamoalari vakillari, kichik va o‘rta biznes korxonalari rahbarlari, xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari, shuningdek, Respublika kasaba uyushmalari kengashining taklif etilgan mehmonlari ishtirok etdi. Jumladan, Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B. Mirzayev va ijtimoiy himoya bo‘yicha bosh mutaxassis J. Jo‘raboyev qatnashdi.

Konferensiyada muhokama qilingan asosiy masalalar:

  • Xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha choralar;
  • Shahar kasaba uyushma qo‘mitasining yangi tarkibini, raisini, revizion komissiyani va uning raisini saylash.

Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar Kengashi raisi lavozimiga Gumirova Zulfiya Abdumanopovna qayta saylandi.

Print Friendly, PDF & Email