O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar Kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

Konferensiyada O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari A.R.Yuldashev, Toshkent viloyati Kengashi raisi N.N.Komilova va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining Mehnat muhofazasi bo’yicha mutaxassisi S.R.Erbo‘tayevlar ishtirok etishdi.

Shahar Kengashining 2022-2025 yillardagi faoliyati yakunlari va ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida shahar Kengashi raisi Umarov Maxsud Saydaliyevich hisobot berdi.

O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar Kengashi raisi Umarov Maxsud Saydaliyevich ochiq ovoz berish yo‘li bilan qayta saylandi.

Print Friendly, PDF & Email