28-aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” | Bekobod shahri

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayrami hamda 28-aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusida taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika va Toshkent viloyati Kengashi Mehnat muhofazasi mas’ul xodimlari hamda kambag‘allikni qisqartirish, bandlik bo‘limi mutaxassislari ishtirokida Bekobod shahar politexnikumi faollar zalida amamliy seminar tashkil etildi.

Seminarda so’zga chiquvchi mas’ullar tomonidan mehnat muhofazasi boʻyicha taʼlim sohasidagi muammolar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va ularni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi ahamiyati, «O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi»ga kiritilgan o‘zgartirishlar to’g’risida ma’ruza qilishdi.

 

Print Friendly, PDF & Email