Konferensiyada shahar Kengashining 2020-yil iyun oyidan 2025-yil may oyiga qadar bo’lgan davrdagi faoliyati va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida shahar Kengashi raisi B.Yuldashev hisobot berdi.
Konferensiyada taftish komissiyasi hisoboti tinglanib, tasdiqlandi. Shahar Kengashi faoliyati qoniqarli deb baholandi. Yashirin muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovlar natijasiga ko‘ra B.Yuldashev Angren shahar Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, shahar Kengashi a’zolari, taftish komissiyasining yangi tarkibi, taftish komissiyasi raisi, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati tashkiloti konferensiyasiga delegat saylovlari o‘tkazildi.
Konferensiyadan so‘ng shahar Kengashining 1-tashkiliy Plenum yig‘ilishi o‘tkazilib, unda shahar Kengashining jamoatchilik asosida rais o‘rinbosari va Kengashning Ijroiya qo‘mita a’zolari saylandi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi R.M.Bedilov, Respublika va viloyat Kengashi rahbariyati, tuman va shahar Kengashi raislari ishtirok etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: