FAXRIYLAR KENGASHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Kengash yangiliklari Yangiliklar

FAXRIYLAR KENGASHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

6-may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi Faxriylar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Faxriylar Kengashi raisi A.Mirjalilov, O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasining respublika Kengashi raisi o‘rinbosari A.Yuldashev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, tarmoq kasaba uyushmasi viloyat Kengashlari va birlashgan qo‘mitalar raislari va mas’ul tashkilotchilari hamda Toshkent viloyati Kengashining Faxriylar Kengashi a’zolari ishtirok etidi.

Yig‘ilishda Faxriylar kengashining bugungi kundagi faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, tizimda faoliyat yuritib pensiyaga chiqqan faxriylar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Print Friendly, PDF & Email