O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayrami hamda 28-aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusida Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashi Mehnat muhofazasi mas’ul xodimlari ishtirokida Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasida seminar tashkil etildi.
Seminarda so’zga chiquvchi mas’ullar tomonidan mehnat muhofazasi boʻyicha tibbiyot sohasidagi muammolar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va ularni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi ahamiyati, «O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi»ga kiritilgan o‘zgartirishlar to’g’risida ma’ruza qilishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: