O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylovi o’tkazildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda 2025-yil uchun qo‘shimchalar kiritish va boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy yig‘ilishida jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan kasaba uyushma qo‘mita raisi O.Rahmatullayevning hisobotlari tinglandi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi kun tartibida boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining 2020-2025-yillardagi faoliyati yuzasidan hisoboti, kasaba uyushma qo‘mita raisligiga saylov ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi.

Print Friendly, PDF & Email