«ZHONG PENG CERAMICS GROUP INTERNATIONAL» mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasida 2004-yilda tug‘ilgan Satibaldiyev Samandar A’zam o‘g‘li bilan sodir bo‘lgan oqibati og‘ir baxtsiz xodisani jamoatchilik tartibida o‘rganildi.
«ZHONG PENG CERAMICS GROUP INTERNATIONAL» mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasiga 2024-yil 6-noyabr kuni 695-son buyruq asosida sayqallovchi vazifasiga ishga qabul qilingan S.Satibaldiyev 2024-yil 2-dekabr kuni kafel ishlab chiqarish zavodida kafellar chetini qirquvchi uskunaning ustidan o‘tayotgan vaqtida kafel siquvchi joyiga chap oyog‘i kirib qolishi natijasida chap oyog‘idan tan jarohati olishi natijasida baxtsiz xodisa sodir bo‘lgan.
Korxonada baxtsiz hodisalarni oldini olish, xodimlar xayoti xamda xavfsizlinigi ta’minlash uchun ish beruvchi tomonidan xodimlar uchun munosib mehnat tamoyillarini joriy etishda xalqaro standartlar, O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan konvensiyalar va milliy qonunchilikka rioya qilgan holda ishga adolatli yollash, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, tenglik va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, birlashish erkinligi va ijtimoiy muloqot, mehnat uchun munosib ish xaqi, mehnat xavfsizligi, ta’lim olish va malaka oshirishga ko‘maklashish, ijtimoiy himoya masalalariga amal qilgan holda amalga oshirish tavsiya etildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: