Deputatlar tashabbusi bilan viloyatda ilk bor “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida «Deputatlar bog‘i» yaratildi. 

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

 «Nurafshon business city» hududida 1 gektar yer maydonida kashtan, qrim qayrag‘ochi, oqqayin, pisarda kabi 200 ziyod manzalari daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Tadbirda viloyat senatorlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Mazkur an’ana hududlarda ham davom etib, xalq vakillari joylarda o‘tkazilayotgan ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Ular tashabbusi bilan mahallalarda, bog‘cha va maktablarda hasharlar tashkil qilinib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilyapti.

Tadbirga viloyat hokimi, senator, deputat Zoyir Mirzayev hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sayyora Fayziyevalar boshchilik qildi.

 

Print Friendly, PDF & Email