O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari kasaba uyushmasi Bo‘stonliq tuman Kengashi tizimidagi “OSBORN TEXTILE” MChJ xorijiy korxonasining kasaba uyushmasi tashkilotida ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi hamda kasaba uyushma tashkilotining hisobot-sayloviga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi U. Muxamedov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayziyeva, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining tashkiliy ishlar bo‘lim mudiri S. Sayfullayev, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasining Toshkent viloyati bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi B. Mirzayev, Bo‘stonliq tuman Kengashi raisi U. Axmedov va “OSBORN TEXTILE” MChJ Bosh muhandisi H. Karabayevlar ishtirok etishdi.
Konferensiya boshida jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan ish beruvchilar hamda kasaba uyushmasi raisining hisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasining ijrosi bo’yicha ijtimoiy mehnat masalalari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Konferensiyaning ikkinchi yarmida esa kasaba uyushma tashkilotining 2020 yil fevral oyidan 2025 yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti, kasaba uyushma qo‘mita raisligiga , qo‘mita a’zolari tarkibiga, taftish komissiyasi tarkibiga, taftish komissiyasi raisiligiga va kasaba uyushmasi Bo‘stonliq tuman tashkiloti konferesiyasiga delegatlar saylovi masalalar ko‘rib chiqildi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda taftish komissiyasi hisobotlari tinglandi. Kasaba uyushma tashkilotining 2020 yil fevral oyidan 2025 yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyatiga konferensiya delegatlari tomonidan qoniqarli deb topildi. Taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra “OSBORN TEXTILE” MChJ xorijiy korxonasining kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib G. Dustjonov qayta saylandi. Respublika Kengashining raisi U. Muxamedov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayziyeva tomonidan Konferensiya ishtirokchilariga so‘ngi yillarda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanishi va kasaba uyushmasiga oid boshqa yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. U. Muxamedov tomonidan “OSBORN TEXTILE” MChJ xorijiy korxonasi kasaba uyushma faollariga Xiva shahriga sayohat uchun 10 dona vaucher va madaniy konsert dasturlariga 40 dona bilet topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: