Chirchiq shahrida Mehnat muhofazasi bo’yicha amaliy seminar o’tkazildi.

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

«O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining 2025 yil I yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risida”gi 14-05 “s”-sonli Ijroiya qo‘mitasi qaroriga asosan, O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi hamda aprel oyida nishonlanadigan “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Chirchiq shahrida “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarga O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasiga a’zo tashkilot, korxona va muassasalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlari taklif etildi.

Seminarda O‘zbekiston ish beruvchilari Konfederatsiyasi ijrochi direktori Eka Sergeyevna Margishvili, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov, O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Adilov, Toshkent viloyati bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori M.Mirxomidov, «Modern Medicine Alliance» MCHJ rahbari o‘rinbosari S.Kadirov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat Kengashi Mehnat-huquq inspektori M.Mirzayev va Mehnat-texnik inspektori Sh.Xazratkulovlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat muxofazasi boʻyicha muammolar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va ularni oldini olishdа innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi hamda O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar to’g’risida lektorlar tomonidan ma’ruza qilindi.

Seminar ishtirokchilarning savol-javob muzokalari bilan yakunladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

         

Print Friendly, PDF & Email