SHAXMAT BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI KUBOGI” MUSOBAQALARI O‘TKAZILADI

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-150-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, O‘zbekistonkasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi o‘rtasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayramiga bag‘ishlangan sportning shaxmat turi bo‘yicha korxona-tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qilindi.

28-mart kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi majlislar zalida ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash, qolaversa, yangi avlod iste’dodli yosh shaxmatchilarini tayyorlash va jahon shaxmat maydoniga olib chiqish, shaxmatni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida videokonferens aloqa shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov, tarmoq kasaba uyushmalari tuman-shahar Kengashlari raislari, viloyatdagi sport ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda sportning shaxmat turi bo‘yicha “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi”ning tuman-shahar bosqichlari 10-11-aprel, viloyat bosqichi 18-aprel kuni o‘tkazilishi kelishib olindi. Musobaqaning tuman-shahar va viloyat bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazish, Respublika bosqichida munosib ishtirok etish uchun sportchilarga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish yuzasidan fikr almashilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi hamda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi o‘rtasida qo‘shma qaror imzolanib, unga ko‘ra “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha viloyat Tashkiliy qo‘mitasi tarkibi, musobaqa nizomi hamda musobaqaning tuman, shahar va viloyat bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy dastur tasdiqlandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

         

Print Friendly, PDF & Email