O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi ijrosi hamda kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot–saylovlarni o‘tkazilishi yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilishda “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi doirasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida jamoa shartnomalarining bajarilishi hamda hisobot – saylov yig‘ilishlari o‘tkazilish holati, yangi korxona va tashkilotlarni a’zolikka jalb qilish, sanatoriylarga yo‘llanmalar ajratish, tizimda madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari, sohaviy ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan fikr almashilib tegishli qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: