Kasaba uyushmalariga 120 yil Yangiliklar

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angren shahar Kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Kasaba uyushmalari kecha, bugun va ertaga» esselar tanlovining yakunlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda jami 36 nafar pedagog xodimlar ishtirok etib, mavzuga oid esselar yozishdi. Unda bitta 1-o‘rin, ikkita 2-o‘rin, uchta 3-o‘rin sohiblari va nomenatsiya g‘oliblari aniqlandi.

1-o‘rinni Angren shahar 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Dilfuza Abdullayeva egalladi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yakunlar bo‘yicha tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari Kengash diplomi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

         

Print Friendly, PDF & Email