Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Yuqori Chirchiq tuman Kengashi tizimidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2023—2025-yillarga mo’ljallangan jamoa shartnomasining 2024-yil ijrosi hamda hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Jamoa shartnomasining 2024-yil bajarilishi bo‘yicha maktab direktori va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglandi. Ijtimoiy masalalari bo‘yicha komissiyaning dalolatnomasi o‘qib eshittirildi. 2024-yilgi faoliyat bir ovozdan qoniqarli deb topildi.
Hisobot saylov yig‘ilishida boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tomonidan 2020-2025 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti tinglandi va qoniqarli deb baholandi.
🔺Ochiq ovoz berish yo‘li bilan boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mita raisi, o‘rinbosari, qo‘mita tarkibi hamda tuman konferensiyasiga delegat saylanib tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: