«Kasaba uyushmalari mening nigohimda» mavzusidagi videoroliklar tanlovi o’tkazildi.

O’zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ohangaron tuman Kengashi tizimidagi 52-umumiy o’rta ta’lim maktabida «Kasaba uyushmalari mening nigohimda» mavzusidagi videoroliklar tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Kasaba uyushmasiga a’zo bo’lgan tarmoq tizimidagi barcha ta’lim muassasalari faol ishtirok etishdi.

Ushbu tanlovda 53-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori Nilufar Abdikulova g’olib deb topildi va viloyat bosqichiga yo’llanma oldi. G’oliblar tuman Kengashining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

         

Print Friendly, PDF & Email