«Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi»ning ilk kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining katta majlislar zalida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Q.Rafikov boshchiligida «Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi»ning ilk kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi «Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-103-sonli qarorida belgilangan vazifalar to‘g‘risida hamda «Ayollar daftari» tizimining 6- bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan yordamlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash» masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyati studiyasidan viloyat hokimi o’rinbosarlari, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi raisi va o’rinbosarlari, tuman-shahar hokimlari va o’rinbosarlari, tijorat banklaridan mas’ullar hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

         

Print Friendly, PDF & Email