O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK bosh direktori Gʻulomjon Ibragimov, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati kengashi raisi Sayyora Fayziyeva, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining o‘rinbosari Ibrohim Isoqov va ishlab chiqarish syexlaridan saylangan delegatlar ishtirok etdilar.
Konferensiyaga Respublika kengashi raisining o‘rinbosari Ibrohim Isoqov raislik qildi.
Konferensiyada tashkilotning 2020-2025 yillarda olib borilgan faoliyati yuzasidan ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va taftish komissiyasining hisobotlari eshitildi.
Ma’ruzalar o‘z nihoyasiga yetgach, muhokamaga o‘tildi. Delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot davridagi faoliyati “qoniqarli” deb baholandi va taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlandi.
Konferensiya kun tartibiga ko‘ra tashkiliy masala ko‘rildi. Unda yashirin ovoz berish yo‘li bilan muqobillik asosida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga ko‘pchilik ovoz bilan Alimov Diyor Abdumalikovich saylandi. Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi hamda Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining IV Qurultoyiga hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati kengashining IX Konferensiyasiga delegatlar saylab olindi.
Konferensiyada mehmonlar tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida va O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligini munosib o‘tkazish bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirildi.
Delegatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda kelgusidagi faoliyat yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: