Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nurafshon shahar Kengashi tizimidagi Toshkent viloyati Bolalar kutubxonasi boshqaruvi va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi bo’yicha umumiy yig’ilishi hamda boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan viloyat Bolalar kutubxonasi direktori B.Umarov va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mita raisi T.Durumbetov hisobotlari tinglandi.
Hisobot saylov yig’ilishi kun tartibida kasaba uyushma qo’mitasining 2023-yil fevral oyidan 2025-yil fevral oyiga qadar bo’lgan davrdagi ish faoliyati yuzasidan hisoboti, qo‘mita a’zolari tarkibiga saylov va shahar tashkiloti konferesiyasiga delegat saylovi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Yakunda ochiq ovoz berish yo’li bilan T.Durumbetov boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi raisi etib saylandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: