Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Piskent tumani Kengashi tizimidagi 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’muriyati va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda 2025-yil uchun qo‘shimchalar kiritish va boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Umumiy yig‘ilishda jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan maktab direktori va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mita raisi hisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilish yakunlari bo‘yicha nazorat qiluvchi komissiya dalolatnomasi tasdiqlanib, qo‘shimchalar kiritildi.
Hisobot-saylov yig‘ilishi kun tartibida boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining 2020-yil mart oyidan 2025-yil mart oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti, kasaba uyushma qo‘mita a’zolari vа raisligiga saylov, tuman konferensiyasiga delegat saylovi kabi masalalar ko‘rib chiqildi va ochiq ovoz berish yo‘li bilan qo’mita raisi saylandi.
Yig‘lishda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Piskent tumani Kengashi raisi U.Norboyev ishtirok etdi.

 

Print Friendly, PDF & Email