Piskent tumanida joylashgan Chirchiq-Ohangaron havza boshqarmasi boshlang’ich tashkilotining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Piskent tuman Kengashi raisi Sh.Bekova ishtirok etdi.
Korxonada jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi yuzasidan ish beruvchi va boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasining hisoboti hamda boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrdagi faoliyati hisoboti tinglandi.

Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi raisi va uning o‘rinbosariga, tuman Kengashi konferensiyasiga delegatlar saylovi ochiq ovoz berish yo‘li bilan o’tkazildi.
Yig’ilishda boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi raisini hisoboti qoniqarli deb ma’qullandi. boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi raisi etib A.Ergashev saylandi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: