Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylov yig’ilishi o’tkazildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent tumani bo‘linmasi Kengashi tizimidagi 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda 34-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’muriyat va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023—2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Mehnat jamoalarining umumiy yig‘ilishlarida jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan ish beruvchilar hamda boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi raislarining hisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar dalolatnomasi tasdiqlandi.
Umumiy yig‘ilishning ikkinchi yarmida boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitalarining 2020-yil fevral oyidan 2025-yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti, boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mita raisligiga saylov, qo‘mita a’zolari tarkibiga saylov, tuman tashkiloti konferesiyasiga delegat, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil saylovi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Tashkilotlarda saylovlar muqobillik asosida ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi va 20-maktabda amaldagi boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi raisi hisoboti qoniqarli deb ma’qullandi va qo’mita raisliigiga qayta saylandi. 34-DMTTda boshlang’ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zosi B.Obidova ko‘pchilikning ovozi bilan qo’mita raisi etib saylandi. Yig‘lishda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent tumani bo‘linmasi Kengashi hisobchisi N.Xaitmatova ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Print Friendly, PDF & Email